- by admin
- Aprel 30, 2022
- 263
Ko’k choy tarkibida 300 ga yaqin turli moddalar, jumladan uglevodlar, mikroelementlar, oqsillar, B1, B2, B5, B3, C, K, R vitaminlari mavjud. Bundan tashqari, ko’k choy tarkibida kaltsiy, magniy, marganets, temir, natriy, fosfor, kremniy xam mavjud. Ko’pgina olimlar, bu choy, ayniqsa, insoniyatning go’zal qismi uchun koronar arteriya kasalliklarini oldini olishiga ishonishmoqda.
Gollandiyalik olimlar tomonidan olib borilgan tadqiqotlar shuni tasdiqladiki: agar siz har kuni 1-2 piyola choy ichsangiz, bu aorta aterosklerozi xavfini taxminan 45% ga va 4 piyola choy esa birdaniga 70% ga kamaytirishi mumkin.
Darhaqiqat, choy ichishning “oltin qoidasi” deb ataladigan narsa bor. Unga ko’ra, ko’k choyni to’g’ri ichish uchun siz 3 ta raqamni eslab qolishingiz kerak: bular 2, 5 va 6. Bu raqamlar minutlardir. Agar siz ko’k choy damlangandan 2 minutdan keyin choy ichsangiz – siz ko’tarinki rux effektini olasiz; 5 daqiqadan keyin – tinchlantiruvchi; 6 daqiqadan so’ng, ko’k choydagi mavjud efir moylari bug’lanishga ulguradi va siz shunchaki xushbo’y ichimlikni ichasiz.
Shuni ham yodda tutish kerakki, ko’k choy tanaga damlangandan keyin faqat birinchi 15 daqiqada eng katta foyda keltirishi mumkin. Ko’k choy damlanganidan 5 soat o’tgandan keyin ichilsa yoki uni ustiga qaynatilgan suv qoshimcha quyilsa, ko’k choy tana uchun haqiqiy zaharga aylanishi mumkin