• +998 71 208 70 77
  • E-mail: Easttea1000@mail.ru

Oolong choylarida inson tanasi uchun foydali bo’lgan 400 dan ortiq turdagi kimyoviy birikmalar mavjud. Ushbu elementlarning yaxshiroq so’rilishi uchun choyni to’g’ri damlash kerak.

Suv harorati

Ham to’q rangli, ham och rangli oolonglar 85 °C haroratdagi qaynagan suv bilan damlanadi.

Layfxak

Termometrsiz yoki maxsus termochoynaksiz 85 °C haroratni bilish uchun xozirgina qaynatilgan choynakni 5 daqiqa davomida sovutish uchun qoldiring.

Oolong choyni damlash vaqti 3-5 minutni tashkil qiladi. Siz oolong choyini  8-9 marta damlashingiz mumkin.

Engil fermentlangan oolonglar damlanganda yashil sifat sariq rangga ega bo’ladi. Ta’mi asal bilan yovvoyi gullarning mazasi keladigan o’simlik choyini eslatadi.

Yuqori darajada fermentlangan to’q rangli oolonglar ishlab chiqarishning oxirgi bosqichida asta-sekin cho’yan qozonda ko’mirda dudlanadi. Shuning uchun choy barglari to’qarib, kahrabo rangga ega bo’ladi va xidida o’ziga xos xarakterli notalar paydo bo’ladi.

(+998) 71 208 70 77