Royal Life

RoyalLife

«Royal Life» brendi 2012-yilda O‘zbekistonning biznes markazi bo’lmish Toshkent shahrida tashkil etilgan bo’lib, “EAST TEA” MChJga tegishli savdo belgisidir.

Xorijdan keltirilgan yuqori ishlab chiqarish quvvatiga ega eng yangi nemis texnologik uskunalari katta hajmdagi choyni qayta ishlash va qadoqlash imkonini beradi. Korxonalarda choy bargini maxsus qayta ishlash usuli qo‘llanilib, buning natijasida hatto paketchalarga qadoqlanganda ham choy o‘zining ta’mini va foydali xususiyatlarini saqlab qoladi.

«Royal Life» bargli choyi karton qutilarga, folga o’ramlariga, hamda granulalar shaklida – bir marta ishlatiladigan ikki kamerali paketchalarga qadoqlanadi. Korxona ishlayotgan plantatsiyalar Shri-Lanka, Hindiston, Xitoy, Keniya va Eronda joylashgan.

Assortimentda ko’plab choylar mavjud – qora choy, yashil choy va mevali choylar. Korxona dunyoning yirik choy bargi eksportchilari bilan ishlashi sababli choyning sifati va xilma-xilligi yuqori darajadadir. Assortiment nafaqat qora va yashil uzun bargli choylarning xilma-xilligiga, balki o’tlar, mevalar va lazzatlar qo’shilgan aralashmalarga ham boy. Turli plantatsiyalardan qora choy aralashmalari alohida e’tiborga loyiqdir. Ularga turli xil qo’shimchalar qo’shiladi – gullar, o’tlar, mevalar va rezavor mevalar. Royal Life brendida 50 dan ortiq choy turlari mavjud – ular chochma shaklda va paketlarga qadoqlangan, hayratlanarli darajada meva va rezavorlar, shuningdek, gul barglari bilan uyg’unlashtirilgan lazzatga egadir.

 Sifat kafolati

Royal Life – O’zbekiston choy bozorida o’z aralashmalari sifatini kafolatlaydigan yagona o’zbek brendi va ekspertidir. Yuqori sifat, beg’ubor uslub va Sharqning shohona ta’mi bizning mahsulotlarimizning o’ziga xos belgilaridir!

“EAST TEA” MChJ va “FELIZ TEA” MChJ kompaniyalari xom-ashyoning yuqori sifati va choy ishlab chiqarish jarayoni standartlariga muvofiqligini tasdiqlovchi sertifikatlar egasi hisoblanadi.